16:48 / 16.09.2015
1986

Rossiyaning Sheremetevo aeroportida samolyot bortidagi ikkita televizorni sindirgan aviabezori qo‘lga olindi

Rossiyaning Sheremetevo aeroportida transport politsiyasi Shanxay-Moskva reysida parvoz vaqtida samolyot bortida to‘polon ko‘targan yo‘lovchini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi IIV transport boshqarmasi TASS nashriga ma'lum qilgan.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, hodisa 15 sentabr kuni sodir bo‘lgan. Ekipaj komandiriga bortda bezori yo‘lovchi to‘polon ko‘tarib, boshqa yo‘lovchilarni haqorat qilayotgani va ikki televizorni sindirgani to‘g‘risida xabar qilingan.

“Moskva vaqti bilan 16:45 (Toshkent vaqti bilan 17:45)da qo‘ngan samolyot yo‘lovchisi qo‘lga olindi. Ma'lum bo‘lishicha, bezori Shanxaydan Moskvaga parvoz qilgan Moldaviya fuqarosi bo‘lib chiqdi. Erkak kishi politsiya bo‘limiga olib kelingan va hibsga olingan. Bugun u javobgarlikka tortilish uchun sudga olib ketishgan”, – dedi agentlik suhbatdoshi.

Aviakompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, faqatgina sindirilgan televizorlardan ko‘rilgan moddiy zarar miqdori 700 ming rubl (taxminan 10 ming dollar)dan ortadi.

Top