18:18 / 16.09.2015
2033

Savdo-sanoat palatasida biznes uchun onlayn xizmatlarni joriy qilish borasida muhokama olib borildi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan tadbir chog‘ida biznes uchun onlayn xizmatlarni joriy qilish borasida muhokama olib borildi. Bu haqda Business Forum of Uzbekistan UNDP Project’ning Facebook’dagi sahifasi orqali xabar qilindi.

Tadbir davomida aytilishicha, 2015 yil oxiriga qadar jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirish yakuniga yetadi, “Soliq”, “Bojxona”, “Lisenziya”, “Kommunal” tizimlari yaratilib, o‘zaro uyg‘unlashtiriladi.

Ta'kidlanishicha, bu boradagi ishlar prezidentning 15 maydagi PF-4725 raqamli farmoniga binoan amalga oshirilmoqda.

Top