09:19 / 16.09.2015
2279

Subway restoranlar tarmog‘i asoschi vafot etdi

Subway tez tamaddixonalar tarmog‘i asoschi Fred De Lyuk 68 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi

Qayd etilishicha, erkak uzoq davom etgan oqqon kasalligidan keyin vafot etdi. Joriy yilning iyunida Subway’ga boshchilik qilishni uning singlisi Syuzanna Greko o‘z qo‘liga olgan edi.

Fred De Lyuk 1965 yilda Konnektikut shtatida tarmoqning birinchi restoranini ochgan. Dastlab bu tarmoq “Pitning super submarinalari” (restoranda taklif qilinadigan sendvichlar suv osti kemasi o‘xshagani sababli) deb atalgan edi va o‘zining “BMT” (ba'zi taxminlarga ko‘ra, “BMT” – “Biggest, Meatiest, and Tastiest” – “Kattaroq, go‘shtliroq va mazaliroq” ma'nosini bildiradi) sendvichi evaziga mashhur bo‘lib ketgan.

2002 yilda Subway dunyo bo‘ylab ochilgan restoranlarining soni bo‘yicha McDonald's kompaniyasini ortda qoldirgan.

Top