18:39 / 16.09.2015
13253

Tojikiston IVV: Nazarzoda Romit darasidagi so‘nggi harbiy operatsiya chog‘ida o‘ldirildi

Tojikiston IIV matbuot xizmati general Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi jangarilar guruhining so‘nggi vakillari yo‘q qilingani operatsiya paytida Nazarzodaning o‘zi ham o‘ldirilgani haqida bayonot berdi, deya xabar beradi RIA «Novosti» axborot agentligi.

«Jangarilarning oxirgi sakkiz nafar a'zosi Romit hududida maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi. Ularning orasida general Nazarzoda va mudofaa vazirligi sobiq polkovniki, uning sherigi Junaydullo Umarov», — deydi IIV vakillaridan biri rus axborot agentligiga.

Olib borilgan tezkor operatsiyalar davomida jami 30 nafar Nazarzoda guruhi jangarilari yo‘q qilingan, 100 nafari hibsga olingan. Jang davomida qurolli kuchlar tomonidan «Alfa» guruhi komandiri Rustam Amakiyev vafot etgan.

Top