13:50 / 16.09.2015
5062

Tojikistonda isyonchi guruhlar harbiy vertolyotga zarar yetkazdi

Tojikistonning Romit tog‘larida davom etayotgan harbiy operatsiya chog‘ida vertolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, vertolyot isyonchi general Abduhalim Nazarzoda tarafdorlarining makonini aniqlash maqsadida parvozni amalga oshirayotgan chog‘da o‘qqu tutilgan va zararlanib, qo‘nishga majbur bo‘lgan. Mashinaning dum qismiga zarar yetkazilgan.

Ilgariroq harbiy operatsiya chog‘ida 4 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani, yana 2 harbiy jarohat olgani ma'lum qilingan edi. Halok bo‘lganlar qatorida “Alfa” maxsus guruhi komandiri Rustam Amakiyev ham bor.

Top