11:12 / 16.09.2015
1802

Toshkent va Pekin ShHT doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

2015 yilning 15 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga Xitoy TIVning Yevropa va Markaziy Osiyo Departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Szyan Yan rahbarlik qilmoqda.

Muloqot davomida ShHT doirasidagi hamkorlik masalalari, tashkilotga a'zo davlat rahbarlari Kengashining iyun oyida Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlari hamda nizomiy organlarning bo‘lajak tadbirlariga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning ShHTga joriy raisligiga oid masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Top