12:39 / 16.09.2015
1857

Tvitter orqali AQSh prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi uchun xayriya mablag‘lari yig‘iladi

Tvitter ijtimoiy tarmog‘i amerikalik foydalanuvchilari uchun yangi funksiyani ishga tushirdi. Endilikda amerikalik saylovchilar tvitter orqali AQSh prezidentligi uchun nomzodlarga xayriya mablag‘lari yuborishlari mumkin.

Ushbu ijtimoiy tarmoq shu maqsadda Square Inc firmasi bilan hamkorlik qiladi.

"Bizning fikrimizcha, AQSh prezidentligi uchun nomzodlarga pul yig‘ish jarayonida shu paytgacha majud bo‘lgan tartiblar eskirdi. Biz buni soddalashtirish va tartibga solish tashabbusi bilan chiqdik", deydi Twitter`ning siyosiy reklama bo‘limi direktori Jyenna Golden.

Qayd etilishicha, 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashuvchi nomzodlar o‘z saylovoldi kampaniyalari uchun jami 2 mlrd dollar sarflashi kutilmoqda.

Top