16:50 / 16.09.2015
5145

WSJ: Putin Suriya masalasida AQShdan ustun kelmoqda

Yaqin Sharqdagi siyosat masalasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin dadillik va aniqlik bilan harakat qilib, AQSh siyosatchilaridan ustun kelmoqda, deb hisoblaydi The Wall Street Journal gazetasi.

Ta'kidlinishicha, Suriyada AQSh hali o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha olgani yo‘q. Jumladan, IShID yangidan yangi yerlarni egallashda davom etmoqda. AQSh ham IShIDga, ham Asadga qarshi muxolifat shakllantira olmayapti. Shu bilan birga, Rossiya Asadga ko‘mak berib, IShIDga qarshi chiqayotgani aniq belgilangan yo‘nalishni ko‘rsatib turibdi.

“AQShning Suriyadagi siyosati juda chalkash, Putin esa dadillik bilan harakat qilmoqda. AQSh Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha muhim kelishuvga erishganiga qaramay, Suriyada Eronning ko‘magini AQSh emas, Rossiya oldi. Go‘yoki AQSh Yaqin Sharqda shashka o‘ynamoqda, boshqalar esa – uch o‘lchovli shaxmat”, - xulosa qildi maqola muallifi.

Top