17:32 / 16.09.2015
2047

Xitoyda avtobusning ag‘darilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyatida shosseda ketayotgan avtobusning ag‘darilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Voqea Yatszyan uyezdida sodir bo‘lgan. Avtobus ichida 18 kishi bo‘lgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.

Top