10:21 / 17.09.2015
1997

2014 yildagi YTHlarining 35.3 foiziga tezlik me'yoriga rioya qilmaslik sabab bo‘lgan

O‘zbekistonda 2014 yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 35.3 foiziga belgilangan tezlik me'yoriga rioya qilmaslik sabab bo‘ldi. Bu haqda Namangan IIB boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Tolibjon Azimov aytib o‘tdi.

“YTHda odamlarning halok bo‘lishi va jarohat olishiga asosiy sabab belgilangan tezlik me'yorlariga rioya qilmaslik ekanligini isbotlangan. Masalan, faktlarga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekistonda 2014 yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 35.3 foiziga belgilangan tezlik me'yoriga rioya qilmaslik sabab bo‘ldi. Shundan kelib chiqqan holda muammo yechimi uchun zamonaviy texnologiyalar qo‘llana boshladi, bu hodisalar miqdorini biroz qisqartirish imkonini berdi”, - uning so‘zlarini keltiradi Telegraf.uz sayti.

Shuningdek, Azimov avtomatlashgan yo‘l boshqaruvi tizimining joriy qilinishi hamda uning ustunlik tomonlari haqida gapirib berdi.

Top