08:35 / 17.09.2015
3070

Apple iOS 9ning yakuniy versiyasi yuklab olish uchun taqdim etildi

iOS 9 operatsion sistemasining yakuniy versiyasi Apple mobil qurilmalariga yuklab olish uchun rasman ochiq deb e'lon qilindi, deya xabar bermoqda 9to5mac.com.

Apple operatsion sistemasining yangi versiyasini o‘rnatish “Sozlamalar” («Nastroyki»), “Asosiy” («Osnovnyye»), “OSni yangilash” («Obnovleniye PO») orqali amalga oshirilib, buning uchun mobil qurilma xotirasida 1,3 Gb bo‘sh joy bo‘lishi talab etiladi.

iOS 9ga qadar yangilash iPad`larga ko‘p vazifalik rejimini qo‘shimcha qiladi, harflar ro‘yxatini o‘zgartirish tugmachasi rangi o‘zgartirilgan, ilovalarni o‘zgartirish rejimi va xaritalarda yo‘nalishlarni belgilash rejimi ham yangilangan.

Avvalroq Apple rahbari Tim Kuk qurilmalarga kompaniya tomonidan o‘rnatilgan “Kompas”, “Aktsiyalar”, “Maslahatlar” singari foydalanuvchilar deyarli ishlatmaydigan ilovalarni o‘chirishga ruxsat berishi to‘g‘risida xabar qilingan edi. iOSning yangi versiyasida esa qurilmalarga yanada ko‘proq ilovalar o‘rnatiladi.

Top