19:58 / 17.09.2015
3314

Chevrolet SS sedanining agressivligini oshirdi

Chevrolet kompaniyasi SS sedanining yangilangan versiyasini taqdim etdi. U ilgarigi versiyadan agressiv tashqi ko‘rinishi bilan farqlanadi.

Sedan kuzovining old qismiga o‘zgartirishlar kiritilib, unga xromli qo‘shimchalar va vertikal tonnelar qo‘shildi. Aytilishicha, ular havo oqimini optimallashtirib, aerodinamikani yaxshilaydi.

Shuningdek, Chevrolet SS kapotida ventilyatsion teshiklar ochildi. Uning yangi diodli chiroqlari va 19 dyuymli alyuminiy disklari ham boshqacha qiyofa kasb etdi.
Mashina 6. 2 l li 8 silindrli motorga ega bo‘lib, u 420 ot kuchiga ega. Dvigatel 6 diapazonli mexanik yoki avtomat o‘tkazmalar qutisi bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Sedan 4.7 sekundda 96 km soat tezlikka chiqadi.

Mashinaning narxi hozircha ma'lum emas.

Top