07:52 / 17.09.2015
1922

Chili qirg‘oqlari yaqinida 7,9 balli zilzila qayd etildi

Tinch okeanining Chili qirg‘oqlariga yaqin hududida 7,9 balli kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu zilzila mamlakat poytaxti Sanyago shahrida ham sezilgan.

AQSh Geologiya xizmatining xabariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 33 km chuqurlikda joylashgan. Chili hukumati ma'lumotiga ko‘ra, bu zilzilaning mamlakat hududidagi kuchlanishi 7,2 balldan kam bo‘lmagan.

Zilzila markaziga eng yaqin joylashgan aholi yashovchi hudud Ilyapel shahri (zilzila o‘chog‘idan 71 km masofada) bo‘ldi.

Assosheyted Press ma'lumotlariga ko‘ra, bu shaharda odamlar uylar va binolarni tark etishgan.

Top