09:00 / 17.09.2015
2124

Chilida Tinch okeanidagi zilzila 4 marta qaytalandi

Tinch okeani hududida sodir bo‘lgan 8,3 balli zilzila Chili hududida 4 marta qaytalandi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar qilgan.

Xabarda aytilishicha, quruqlikdagi zilzilalarning eng kuchlisi 22 ming kishi yashaydigan Iyapel shaharchasidan 25 km masofada sodir bo‘lgan. Bu zilzla markazi yer sathidan 31 km pastda bo‘lgan va kuchi 6,4 ballga teng.

Ikkinchi va uchinchi qaytalanishlar 6,1 va 6,2 ballik ko‘rinishda aholi yashash joylaridan olisdagi qirg‘oqlarda ro‘y bergan. 5,7 magnitudali yana bir zilzila shelf hududida sodir bo‘lgan.

Zilziladan jabrlanganlar haqida hozircha aniq ma'lumotlar berilmagan.

Biroz oldinroq, Tinch okeanidagi zilzila kuchi 8,3 ball bo‘lgani aytilgandi.

Bu zilzila tufayli hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan sunami Chili, Ekvador va Peru hududiga yopirilishi mumkin.

Top