10:04 / 17.09.2015
2748

Chilidagi zilzilaning birinchi qurboni haqida ma'lumot berildi

Chilidagi Ilyapel shahri meri mamlakatda Tinch okeanidagi zilzilaning qaytalanishi tufayli halok bo‘lgan birinchi odam haqida ma'lumot berdi.

Uning aytishicha, shaharda yashagan bir ayol devor ostida qolib halok bo‘lgan. Yana kamida 15 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘plab uylar yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Tins okeanida 8,3 balli zilzila sodir bo‘lganidan keyin Chili hududida 4 marta qaytalanish kuzatildi.

Shulardan eng kuchlisi 6,4 magnitudali ko‘rinishda 22 ming kishi yashaydigan Ilyapel shahridan 23 km masofada ro‘y berdi.

Top