19:08 / 17.09.2015
7673

Fukusima yaqinida mutant baliq tutildi

Yaponiyada, bir vaqtlar texnogen fojia sodir bo‘lgan Fukusima qirg‘oqlarida dengizchi o‘ta g‘alati va qo‘rqinchli baliqni tutib oldi. Olimlarning taxmin qilishicha, bu baliq radiatsion avariya “mahsuli”dir.

Baliqchi Xirasaka Xiroshi o‘z blogiga ega bo‘lib, o‘zi tutib olgan baliqning suratini internetga joyladi. Baliqning ko‘rinishi foydalanuvchilarini dahshatga soldi.

Xiroshi o‘ziga xos baliq turlarini tutishi bilan mashhur baliqchi bloger sanaladi. U ilgari ham internet jamoasini g‘aroyib dengiz mahluqotlarining suratlari bilan hayratga solgan edi.

Top