20:22 / 17.09.2015
19049

Janubiy qozog‘istonlik fuqaro payg‘ambarlik da'vosi bilan chiqdi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida yashovchi 51 yoshli Nurali Amiraliyev o‘zini yangi payg‘ambar sifatida e'lon qildi va jamoatchilikdan buni tan olishni talab etmoqda.

U o‘zi istiqomat qiladigan hudud hokimiga maktub yozgan va o‘zini zamonaviy masih sifatida tan olishini talab qilgan. Bu haqda Express-k.kz xabar bermoqda.

Ushbu turkistonlik o‘ziga vahiy kelganini iddao qilgan.

Uning hokimga xat yozishi o‘z oqibatlariga ega bo‘lgan, unga turli tahdidlar qilingan. Amiraliyevning onasi ham o‘z o‘g‘lini to‘g‘ri yo‘lga solmoqchi bo‘lgan, lekin bu harakatlar behuda ketgan.

O‘z navbatida hokim javob maktubini yozgan va uning davosi qonunlarga zid ekanini ta'kidlagan.

Shu bilan birgalikda, unga odamlar telefon orqali murojaat qilishib, dollar narxining ko‘tarilishining oldini olishni so‘ray boshlashgan.

O‘z navbatida uning raqobatchisi ham bor. Shu shaharda yashovchi, 55 yoshli Marat Yesinbayev (Sari Auli nomi bilan mashhur) ham o‘zini "zamonaviy payg‘ambar" sifatida e'lon qilgan. U shu yilda 18 yoshli qizga uylangan. Uning qizi Baxtigulning aytishicha, otasi magiya va gipnozni Sankt-Peterburgda tahsil olish davomida o‘rgangan.

Top