03:53 / 17.09.2015
5795

KUN.UZ dayjesti: 16 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 16 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Daniyada bir qiz “IShID” vahshiyliklaridan ta'sirlanib onasini o‘ldirib qo‘ydi>>

Daniyada 15 yoshli qiz o‘zining do‘sti bilan birga onasini o‘ldirib qo‘ygan shov-shuvga sabab bo‘lgan qotillik bo‘yicha jazo hukmi chiqarildi

Turmush o‘rtog‘ining tobuti oldida tabassum qilgan ayol internet foydalanuvchilarini hayratga soldi>>

AQShning Ogayo shtatida yashovchi Yeva Holland Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan turmush o‘rtog‘ining tobuti oldida tabassum qilgan holda tushgan rasmi internet foydalanuvchilarining qahru g‘azabiga sabab bo‘ldi. Eng g‘aroyibi, u o‘g‘li va qizini ham kulib turishga undagan.

OAV: nahorgi oshlar ham o‘yin-kulgiga aylanib ketmoqda>>

To‘y arafasida mahalladoshlarga osh tortish an'anasini o‘zida mujassam etadigan nahogi osh tadbirlari odatda sipo tartibda o‘tadi. Lekin oxirgi vaqtlarda ushbu jarayonni ham o‘yin-kulgi bilan o‘tkazish hollari kuzatilmoqda

Ramzon Qodirov: islom dunyosi uyg‘onganda, “IShID” va “Al-Qoida” egalariga qiyin bo‘ladi>>

Islom dunyosi hali uyg‘ongani yo‘q. Bu yuz berganda “IShID” terrorchilik tashkilotiga qiyin bo‘ladi, deb hisoblamoqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov. Qodirov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Dushanbedagi KXShT sammitida aytib o‘tgan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha fikrini qo‘llab-quvvatlashini yozdi.        

Rossiyada qurilishlardagi chet ellik ishchilar sonini cheklash masalasi muhokama qilinmoqda>>

Rossiya Mehnat vazirligi mamlakat qurilish maydonlaridagi xorijlik ishchilar sonini 65 foizdan oshirmaslik taklifini bildirdi. Ekspertlarning tasdiqlashicha, mazkur tartib sohaga katta zarar yetkazmaydi.

Qozog‘iston parlamenti Nazarboyeva vakolatlarining muddatidan ilgari to‘xtatilishini yoqlab ovoz berdi>>

Qozog‘iston Majlisi (quyi palatasi) deputat Darig‘a Nazarboyeva vakolatlarining muddatidan ilgari to‘xtatilishini yoqlab ovoz berdi.

Aholi terminallar yo‘qligidan shikoyat qilmoqda>>

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi ishonch telefonlariga bo‘ladigan murojaatlarning asosiy qismi savdo nuqtalarida terminallarning ishlamayotgani yoki umuman yo‘qligi borasidagi shikoyatlarga bog‘liqdir

Braziliya terma jamoasining mashhur muxlisi Klovis Akosta olamdan o‘tdi>>

Bugun, 16 sentabr kuni Braziliya terma jamoasining eng mashhur muxlisi, jamoani 7ta mundial davomida qo‘llab-quvvatlash uchun turli mamlakatlarga sayohat qilgan Klovis Akosta Fernandesh 60 yoshida olamdan o‘tdi.

O‘zbekistondagi 1 300 ta'lim muassasi quyosh kollektorlari bilan ta'minlanadi>>

Yaqin yillarda O‘zbekistonning barcha hududlarida joylashgan 1 300ga yaqin umumta'lim muassasalarini va kollejlarni quyosh kollektorlari bilan ta'minlash ko‘zda tutilmoqda

AQShda 14 yoshli o‘smir bombaga o‘xshash soat yasagani uchun hibsga olindi>>

14 yoshli Ahmed Mohamed (Ahmed Mohamed) maktabga o‘qituvchilarining ko‘ziga bomba bo‘lib ko‘ringan qo‘lbola soatni ko‘tarib kelgani uchun politsiya mahkamasiga olib kelindi

Top