04:03 / 17.09.2015
5720

KUN.UZ dayjesti: 16 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 16 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Tsukerberg Facebook’da “dislayk” tugmasini yaratishga va'da berdi>>

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg foydalanuvchilar bilan muloqotning navbatdagi sessiyasi chog‘ida tarmoqqa “dislayk” tugmasini kiritishga va'da berdi

Qirg‘izistonlik 25 yoshli Nazirbek qo‘lsiz kuniga 1000 somgacha pul ishlab topishni o‘rgandi>>

Qirg‘izistonning Jalol-Obod viloyati Nookent tumanida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi Nazirbek Taylakov kompyuterlarni sozlash orqali kuniga 700-1000 som (o‘rtacha 15 dollar) pul ishlab topmoqda.

Chevrolet brendi O‘zbekistonda eng ommaviy brend bo‘ldi>>

O‘zbekistonda eng ommaviy brend bo‘lib Chevrolet brendi hisoblanmoqda. Bundan Google kompaniyasining tahliliy hisobotida keltirilgan ma'lumotlar darak bermoqda.   

Tayvan avtomobilsozlik kompaniyasi yevropaliklarga “Tesla”ning raqobatchisini namoyish qilishdi>>

Tayvanning Thunder Power kompaniyasi Frankfurt avtosalonida Tesla Model S modeliga raqobat qilishi mumkin bo‘lgan elektr sedanni ilk bor namoyish qildi.

Hyundai premium modelning birinchi prototipini ko‘rsatdi>>

Hyundai kompaniyasi Los-Anjyelesdagi san'at muzeyida Vision G nomli yangi kontseptual kupe taqdimotini o‘tkazdi. Ishlab chiqaruvchi “Bo‘lajak premial modellar oilasining boshlanmasi” deb atadi

Samsung`ning dunyodagi birinchi egiluvchi ekranli smartfoni yanvarda ishlab chiqarilishi mumkin>>

Samsung kompaniyasi displeylar ishlab chiqarish sohasida o‘z innovatsion loyihalari bilan raqobatchilarini ortda qoldirib kelmoqda. 2010 yilda kompaniya dunyoda birinchi Super AMOLED displeyli smartfonni ishlab chiqargan bo‘lsa, 2015 yilda ikki tomoni egilgan ekranga ega ilk Galaxy S6 Edge smartfonini taqdim etdi.

Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da'vogarlar ro‘yxati e'lon qilindi>>

«Dunyo yil avtomobili» tanlovi (World Car of the Year, WCOTY) tashkilotchilari Frankfurtdagi avtosalonda 2016 yilning eng yaxshi avtomobili nomini qo‘lga kiritishga da'vogar avtomobillar ro‘yxatini e'lon qildi.

Tojikiston milliy valyuta uchun ramz o‘ylab topadi>>

Tojikiston milliy banki mahalliy valyuta – somoniyning xalqaro belgisini yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qildi

Top