14:31 / 17.09.2015
34107

Makka shahridagi falokat vaqtida bolaning o‘z onasi hayotini saqlab qolgani tasvirlangan video katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi

Makka shahri (Saudiya Arabistoni)dagi “Haram” masjidi hududiga qulab tushayotgan kranni ko‘rgan bolakayning onasi hayotini saqlab qolgani tasvirlangan video internet foydalanuvchilari o‘rtasida keng tarqaldi.
8-10 soniyali videoda bolaning harakatlari alohida ajratilib, sekinlatib namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 sentabr kuni soat 16.00 dan so‘ng Makka shahrida kuchli bo‘ron oqibatida “Haram” masjidining kengaytirish ishlari ketayotgan janubiy qismida joylashgan kranlardan biri masjidning «Ka'batulloh» atrofida “tavof” amali bajariladigan maydonining janubiy qismiga qulab tushgan edi. Saudiya Arabistoni Fuqaro mudofaasi tomonidan berilgan rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa natijasida 107 nafar odam halok bo‘lgan, 238 nafari tan jarohatlari olgan.

Top