22:18 / 17.09.2015
8317

Mirobod bozorida 5 ming so‘mlik kupyuralarni maydalash bahonasi bilan qalloblik qilib kelgan shaxs ushlandi

Mirobod bozorida 5 ming so‘mlik kupyuralarni maydalash bahonasi bilan qalloblik qilib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Rahimjon Komilov ismli shaxs Toshkentning Mirobod tumanidagi dehqon bozorida deyarli har kuni o‘ralashib yurib, “mijoz” qidirgan. Ularni chuv tushirishda esa har doim bir xil usuldan foydalangan – 5 ming so‘mlik kupyuralari borligini aytib, shularni maydalab berishni iltimos qilgan, yonidan ma'lum miqdorda ming so‘mlik kupyuralar chiqarib bergan odamlardan bu pullarni olib, turli bahonalar bilan ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Shu yo‘l bilan u savdogar Dilobar Yunusovadan 1.5 mln so‘m, Xanifa Tursunovadan 2.7 mln so‘m olgan. Ammo Raisa Mamedova ismli ayoldan ham shuncha miqdorda pulni olib qochmoqchi bo‘lganida ayolning qichqiriqlarini eshitib yordamga yetib kelgan odamlar tomonidan qo‘lga olingan hamda militsiyaga topshirilgan.

Top