00:47 / 17.09.2015
3995

Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan telefon orqali suhbatlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat davomida yetakchilar Falastin-Isroil munosabatlari masalalarini muhokama qilishdi, deb aytilmoqda Putinning rasmiy saytida

“Falastin-Isroil munosabatlari masalalari, shu jumladan falastinliklar bilan Isroil xavfsizlik kuchlarining Muqaddas tog‘dagi Al-Aqso masjidi majmuasi hududidagi ommaviy to‘qnashuvlar muhokama qilindi. Rossiya-Saudiya Arabistoni hamkorligining ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yanada rivojlanishiga ko‘mak berishga o‘zaro intilish borligi bildirildi. Turli darajalarda ikki tomonlama muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi”, deyilmoqda xabarda.

Putin 11sentbyarda Makkada yuz bergan fojia munosabati bilan yana bir bor o‘z hamdardligini bildirdi.

Top