09:15 / 17.09.2015
1723

Qozog‘istonda chet elda jazoni o‘tash to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi plenar yig‘ilishi chog‘ida jinoiy javobgarlikni chet elda o‘tash bo‘yicha Amerika konvensiyasini ratifikatsiya qilish yuzasidan qaror chiqardi.

Endilikda Bostondagi terakt tashkilotchisi Johar Tsarnayevning sheriklari Azamat Tajayaqov va Dias Qodirboyevlar Qozog‘iston hududida jazo o‘tashi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, yuqori nomi keltirilgan qozog‘istonlik talabalar AQShda Boston terakti tergoviga to‘sqinlik qilishda ayblanib, 3.5 va 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Konventsiyaga Amerikaning 16 mamlakati hamda boshqa qit'alarda joylashgan 3 davlat a'zo edi. Qozog‘iston bu borada 4-davlat bo‘ldi.

Top