14:20 / 17.09.2015
3502

Tojikistonda Islom uyg‘onish partiyasining bir qator rahbarlari qo‘lga olindi

16 sentabr kuni kechasi Tojikistonda Islom uyg‘onish partiyasining barcha rahbarlari qo‘lga olingan. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, 16 sentabr kuni Dushanbe aeroportida Olma-ota shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan partiya raisining birinchi o‘rinbosari Saidumar Xusayni va kun davomida tashkilotning qolgan amaldorlari qo‘lga olingan.

17 sentabr kungi ma'lumotga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida partiya rais o‘rinbosari Maxmadali Hayit, partiya siyosiy kengashi a'zosi Vohidxon Qosiddinov, ilmiy kengashi rahbari Zubaydullo Roziq, tumanlar bo‘yicha partiya tashkilotlari rahbari Rahmatullo Rajab, partiya raisining huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Zarafo Rahmoni hamda partiya gazetasi “Najot” bosh muharriri Abduqahhor Davlat kabi rahbarlar bor.

Hozircha ularga qarshi biror ayblov ilgari surilgani haqida xabarlar yo‘q.

Qayd etish kerakki, b voqealar 16 sentabr kuni isyonchi general Nazarzoda o‘ldirilishi bilan bir kunda sodir bo‘ldi.

Top