09:10 / 17.09.2015
3967

Toshkentda ta'lim kreditlari muhokama qilindi

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston markaziy bankining ta'lim kreditlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2001 yil 26 iyuldagi “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-shartnoma asosida o‘qish uchun ta'lim kreditlari taqdim etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda talabalar uchun mana shunday turdagi imtiyozlar joriy qilingan edi.

Tilga olingan tadbirda bu kreditlarning ustunligi, yoshlarga berayotgani imkoniyatlari haqida gapirildi.
“O‘tgan davr mobaynida 11 talaba jami 35.7 mlrd so‘m miqdoridagi ta'lim kreditlaridan foydalandi, - dedi markaziy bank boshqarma boshlig‘i Sherbek Qaraliyev O‘zAga bergan intervyusida.

– Masalan, bakalavriatda o‘qiydigan talabalarga kredit 10 yil muddatga, magistraturada o‘qiydiganlarga esa 5 yil muddatga beriladi. Bu investitsiyalar yetimlarga, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, I, II guruh nogironlariga yo‘naltirmoqda”.

Top