17:36 / 17.09.2015
3299

Turkiya aviatsiyasi mamlakat ichida kurd jangarilariga zarba berdi

Turkiya harbiy havo kuchlari mamlakat sharqidagi Tunjali viloyatida Kurdiston ishchi partiyasining 50 kishilik guruhiga aviazarbalar berdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, mintaqada terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda.
Jangarilar tungi razvedka chog‘ida Ovajiq elchasining tog‘li hududida yashiringani aniqlandi.

Ularni yo‘q qilish uchun havoga qiruvchilar ko‘tarilib, bir qancha zarbalarni amalga oshirdi.
Aviaoperatsiya yakunlangach, mintaqaga maxsus jandarmeriya qismlari tashlangan.

Top