17:02 / 17.09.2015
3813

Ulkan kastryul-tova Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Xitoyning Lyaonin provinsiyasi Panshan uyezdida yasalgan ulkan kastryul-tova Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. 2015 yil 12 sentabr kuni mazkur tovada krab dengiz qisqichbaqasi tayyorlandi.

Tovaning diametri 6,6 metr, balandligi 2,3 metr va sig‘imi 7 tonnani tashkil qiladi. Ulkan kran uning ustidagi qopqoqni ko‘targanida, krabdan tayyorlangan taomning hidi atrofni tutib ketdi.

Top