09:15 / 17.09.2015
1792

Venger YeChL doirasidagi o‘yinlarda 50ta mag‘lubiyat qayd etgan birinchi murabbiy bo‘ldi

"Arsenal" jamoasi 16 sentabr oqshomida YeChLning birinchi turini safarda Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu esa jamoaning Arsen Venger boshqaruvida YeChL doirasida o‘tkazilgan o‘yinlardagi elliginchi mag‘lubiyatni qabul qilishi bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, ushbu antirekordni o‘rnatish uchun 65 yoshli mutaxassis Arsen Venger "Arsenal" bilan YeChLning 11 mavsumida muntazam ravishda ishtirok etdi.

Top