10:32 / 17.09.2015
4319

Viktoriya Bekxem qizining modeler bo‘lishini istaydi

Spice Girls guruhining sobiq a'zosi, modeler, mashhur futbolchi Devid Bekxemning turmush o‘rtog‘i Viktoriya uning moda biznesini yaqindagina to‘rt yoshni qarshi olgan qizi Xarper davom ettirishini istaydi. Bu haqda Vogue xabar qildi.

“Xarper mening kosmetik vositalarimni sinab ko‘rishni va oyoq kiyimlarimni o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Biroq bir kuni u menga: “Oyi, men futbol o‘ynashni xohlayman”, – deb qoldi. Yuragimga pichoq sanchilgandek bo‘ldi. Mening uch o‘g‘lim futbol o‘ynayapti, hech bo‘lmasa bitta farzandim moda bilan shug‘ullanishi istayman”, – degan modeler.

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan moda haftaligidan Bekxem o‘zining 2016 yil bahor mavsumiga bag‘ishlangan yangi kolleksiyasini namoyish etgan edi. O‘z turmush o‘rtog‘i bilan ayollar va erkaklar liboslaridan iborat dVb jamlanmasi va quyosh ko‘zoynaklarini ham taqdim qilgan.

Shuningdek, Bekxemlar farzandlari ham moda sanoatida ishtirok etib turadi. Masalan, 13 yoshli Romeo Bekxem Burberry kompaniyasi reklama roligi qatnashgan bo‘lsa, kattasi — Bruklin Bekxem surati Miss Vogue jurnali muqovasida chop etildi.

Top