21:42 / 17.09.2015
5183

Xo‘jayinidan "kechirim so‘rayotgan" kuchuk internetda mashhur bo‘ldi

Internet foydalanuvchilari Ettore laqabli jonivorning o‘z egasi oldida o‘zini aybdordek va qilgan ishi uchun afsuslanayotgan qiyofada tutishi tasvirlangan videolavhani qayta-qayta tomosha qilishmoqda.

1,5 daqiqalik ushbu lavhada avvaliga kuchukning egasi uni oldiga chaqiradi va ispan tilida unga qaysidir sho‘xligi uchun tanbeh berishni boshlaydi. Ettore esa o‘zining aybini "tan olgan" holda boshini egib, egasiga yaqin keladi va unga suykaladi.

Natijada, bu ishni mahorat bilan uddalagan Ettore o‘z xo‘jayinining qahrini yumshatishga erishadi. Xo‘jayin uni yana erkalay boshlaydi.

Top