17:21 / 18.09.2015
2338

Armiya: Pokistondagi aviabazaga hujumda masjiddagi 16 kishi qurbon bo‘ldi

Pokistonning Peshovar shahri yaqinidagi aviabazaga uyushtirilgan hujumda qurbon bo‘lgan 16 kishi masjidda o‘tirgan namozxonlar edi, deb xabar berdi idoralararo harbiy matbuot kotibi Osim Bajva.

Ilgariroq otishma chog‘ida 13 jangari o‘ldirilgani ma'lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha bir guruh jangarilar aviabazaga kirishga harakat qilgan edi. Orada otishma kelib chiqib, bir qancha harbiy xizmatchilar o‘ldirildi, buning natijasida ularga yordam maxsus bo‘linma yuborildi.

“Terrorchilar bazaga ikki punktdan kirib, so‘ng guruhlarga bo‘lindi. Guruhlardan biri masjidga hujum qilib, u yerda namoz o‘qiyotgan 16 kishini o‘ldirdi”, - deb yozdi Bajva Twitter’dagi sahifasida.

Operatsiya davomida, shuningdek, Pokiston armiyasi kapitani halok bo‘ldi.
Aytilishicha, terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda. Bu ishlarga uchta vertolyot jalb qilingan.

Top