17:44 / 18.09.2015
2352

Devis Kubogi: Farrux Do‘stov AQSh vakiliga qarshi bahsda o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi

Bugun norasmiy jahon chempionati sanalmish Devis Kubogining jahon ligasiga chiqish uchun pley-off bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston – AQSh terma jamoalari uchrashuvi boshlandi.

Ilk uchrashuvda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Stiv Jonsonga qarshi kortga chiqdi va 3:2 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratib terma jamoani oldinga olib chiqqandi.

Shundan so‘ng, O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Jyek Sokga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, hamyurtimiz ikkinchi o‘yinda amerikalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yakuniy hisob 5:7, 3:6, 2:6.

Shu tariqa, O‘zbekiston hamda AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hozircha 1:1 hisobi qayd etilmoqda.

Olamsport.com nashrining xabar berishicha, ertaga soat 12:00da juftliklar o‘rtasida Farrux Do‘stov / Denis Istomin – Stiv Jonson / Sem Kuerri bahslari bo‘lib o‘tadi.

18 sentabr

Denis Istomin – Stiv Jonson 6:1, 3:6, 7:6, 6:7, 7:5
Farrux Do‘stov – Jyek Sok 5:7, 3:6, 2:6

19 senyatbr

Farrux Do‘stov / Denis Istomin – Stiv Jonson / Sem Kuerri

20 sentabr

Denis Istomin – Jyek Sok
Farrux Do‘stov – Stiv Jonson

Eslatib o‘tamiz, yakkalik uchrashuvlari soat 10.00da, juftlik bahslari 12.00da boshlanadi.

Top