08:41 / 18.09.2015
5305

Garvardda 2015 yilning Shnobel mukofotlari topshirildi

AQShning Garvard universitetida an'anaviy tarzda har yili o‘tkaziluvchi, “avval kulguni qistatuvchi, keyinroq esa fikrlashga undovchi aksilnobel mukofoti – Shnobel mukofotlari 25-bor topshirildi. 

Bu yili sovrindorlardan har biriga anchagina katta mukofot puli – 10 trln zimbabve dollariga (ulkan darajada qadrsizlanib ketgani uchun muomaladan chiqarilgan) chek berildi.

Kimyo bo‘yicha Shnobel mukofoti qaynatilgan tovuq tuxumlarini yana qayta xom tuxumga aylantirish usulini kashf qilgan olimlarga topshirildi.

Fizika bo‘yicha antimukofot sut emizuvchilarning o‘lchami ularning siydik chiqarishlariga ketadigan vaqtga bog‘liqmasligini isbotlagan amerikalik olimlarga topshirildi.

Adabiyot bo‘yicha mukofot bir-biri bilan qardosh bo‘lmagan kamida o‘nta tilda “a?” undov so‘zi suhbatdoshidan qayta so‘rab murojaat qilinishini isbotlagan mutaxassislarga topshirildi.

Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot pora olishni rad etgan politsiyachilarga mukofot berishni taklif qilgan Bangkok politsiyasiga topshirildi.

Tibbiyot sohasida bu mukofot bo‘sa olish bilan u yoki bu ko‘rinishda bog‘liq bo‘lgan ziyon va foydalarni tadqiq qilgan mualliflarga topshirildi.

Shuningdek, mukofot Marokash sultoni Ismoil 888 nafar farzand ko‘rish uchun 32 yil davomida har kuni jinsiy aloqa bilan shug‘ullana olganini hisoblab chiqqan olimlarga topshirildi.

Biologiya sohasidagi mukofot AQShlik va chililik olimlar agar tovuqqa dum protezi ulansa, u dinozavr kabi yura olishini aniqlagan biologlarga topshirildi.

“Tibbiy tashxis” sohasidagi Shnobel mukofoti yo‘lda mashinalar tezligini pasaytirish uchun ataylab yo‘lning eni bo‘yicha yotqaziladigan do‘ngliklardan o‘tishda qorindagi og‘riqlarning sezilishi o‘tkir appenditsit borligidan darak berishini ochgan olimlarga topshirildi.

Nihoyat, psixologiya va entomologiya yo‘nalishidagi mukofot qanday hasharotlarning chaqishlari eng og‘riqli bo‘lishi va odamning qaysi sohalari bunday chaqishlarga ko‘proq sezuvchan ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan olimlarga berildi.

Top