18:11 / 18.09.2015
2409

Google: biz elektron pochtalarni o‘qimaymiz, ulardagi spam va viruslarni tekshiramiz xolos

Google elektron pochtalarni o‘qimaydi, faqatgina ularda paydo bo‘lgan spam va viruslarni barataraf etish uchun skaner qiladi, deya xabar bermoqda Google kompaniyasi matbuot xizmati.

“Bizning avtomatlashtirilgan tizimlarimiz pochtalarni skaner qilib, ulardagi spam va boshqa zararli dasturlarni bartaraf etadi. Ushbu jarayonda birorta ham inson ishtirok etmaydi”, – deyiladi kompaniyaning Rossiyadagi bo‘linmasi matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq esa Moskva davlat sudi foydalanuvchilarning elektron pochtalarini o‘qishi to‘g‘risidagi shikoyatni qondirib, Google`ning Rossiyadagi bo‘linmasini 50 ming rubllik jarimaga tortgan edi.

Top