20:06 / 18.09.2015
8892

IShID jangarilari Tripoli aeroportiga hujum uyushtirdi

IShID jangarilari Liviya poytaxti Tripoli shahridagi aeroportga hujum qildi va 3 nafar xodimni o‘ldirishdi. Bu haqda Al Arabiya xabar bergan.

Qurollangan guruh Mitiga aviabazasi yaqinidagi qamoqxonaga ham hujum qilgan va mahbuslar chiqarib yuborilgan.

"Avvaliga portlash yuz berdi, keyin qurolli hujum boshlandi", deydi maxsus xizmat xodimlaridan biri.

Ma'lum qilinishicha, hujum qilgan jangarilardan kamida 8 nafari o‘ldirilgan.

Ma'lumot uchun, Mitigadagi ushbu harbiy aerodrom mamlakatda keyingi yillar mobaynida yuz bergan siyosiy inqiroz vaqtida ko‘p marta ziddiyatlar bo‘g‘iniga aylangan.

Top