18:33 / 18.09.2015
4145

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xalqaro reyslar uchun chegirmalar e'lon qildi

Joriy yilning 1 sentabridan 30 noyabriga qadar «O‘zbekiston temir yo‘llari» xalqaro yo‘nalishda harakat qiluvchi poyezd chiptalari uchun ularni sotib olish muddatiga qadar turli chegirmalarni joriy qildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi xabar tarqatdi.

Chegirmalar poyezdlarning kupe va platskart qismi uchun joriy qilingan bo‘lib, O‘zbekiston hududida kupe vagonlari uchun chipta narxlari poyezdning yo‘lgan chiqishidan 31-45 kun oldin bo‘lsa, 45 foiz, 6-30 kun oldin buyurtma berilsa, 35 foiz chegirmalar belgilanadi.

Platskart qismi va platskart vagonlari uchun chipta narxlari poyezdning yo‘lgan chiqishidan 31-45 kun oldin bo‘lsa, 35 foiz, 6-30 kun oldin buyurtma berilsa, 25 foiz chegirmalar belgilanadi.

Top