15:19 / 18.09.2015
1823

Pokistondagi aviabazaga hujum uyushtirgan jangarilarning kamida 13 nafari yo‘q qilindi

Pokistonning Peshavor shahrida joylashgan aviabazaga hujum uyushtirgan jangarilarning yo‘q qilingan a'zolari soni 13 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Islom Respublikasi armiya matbuot xizmati rahbari Asim Bajva.

Avvalroq esa 8 jangari yo‘q qilingani haqida xabar berilgan edi.

“Ayni paytda qurshovga olingan terroristlarning 13 nafari yo‘q qilindi”, – deb yozdi u o‘zining Twitter`dagi rasmiy sahifasida.

Shu bilan bir qatorda, 10 nafar harbiy xizmatchi jarohat oldi, ularning ikki nafari zobitlardir, deya qo‘shimcha qildi general-mayor. Jangarilar bilan otishma chog‘ida ikki harbiyning halok bo‘lgani ham ma'lum qilindi.

Hodisa joyida terroristlarni yo‘q qilish amaliyoti davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, juma, 18 sentabr kuni ertalab noma'lum shaxslar Peshovar yaqinidagi bazaga yaqinlashib, unga qarata o‘t ochgan. DAWN nashri xabariga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni “Pokiston Tahriki Tolibon” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Top