09:41 / 18.09.2015
2146

Qirg‘izistondagi parlament saylovlarida 9 ming militsioner xavfsizlikni ta'minlaydi

Qirg‘izistonda o‘tkaziluvchi parlament saylovlarida jamoat tartibini saqlash uchun qariyb 9 ming nafar militsiya xodimi safarbar etiladi. Bu haqda TASS respublika IIV ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

“Bizning xodimlar saylov uchastkalari va biometrik uskunalar himoyasini ta'minlaydi, – deya ma'lum qilindi vazirlikda. – Shuningdek, Joylarga byulletenlarning yetkazilishi va ularning saqlanishini ham kuzatib borishadi”. IIV vakilining ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda mamlakatdagi barcha 2,3 ming saylov uchastkalari doimiy qo‘riqlana boshlanadi.

IIV shaxsiy tarkibi 1 oktabrdan kuchaytirilgan tartibda ishlashni boshlaydi. “Bunday tartib eng kamida 6 oktabrga qadar davom etadi”, – deya aniqlik kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda parlament saylovlari 2015 yil 4 oktabrda bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda parlamentdagi deputatlik o‘rinlari uchun 14 partiya kurash olib bormoqda.

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, saylovlarda amaldagi prezident Almazbek Atambayevning Sotsial-demokratlar partiyasi, shuningdek, “Ata Meken” sotsialistlari va “Bir bol” partiyasi vakillari yetakchilik qiladi.

Top