17:14 / 18.09.2015
3093

Rossiya maxsus xizmati: terrorchilar odam yollashdan internetdan foydalanishni jadallashtirmoqda

Terrorchi guruhlar o‘z saflariga odamlarni jalb qilish uchun borgan sari ko‘proq internet imkoniyatlaridan foydalanib kelmoqda. Bu haqda Rossiya federal xavfsizlik xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Sergey Smirnov bayonot berdi.

“Biz to‘qnash kelayotgan tahdid shundaki, kibermuhit yoshlar orasida mashhur, bundan turli jinoiy guruhlar foydalanib kelmoqda, ular esa nafaqat Suriya va Yaqin Sharqda, balki Rossiyada, Xitoy hamda ShHTning boshqa mamlakatlarida joylashgan”, - dedi u Toshkentda bo‘lib o‘tgan konferensiyadagi chiqishida.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi 27-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va struktura ijroiya qo‘mitasi vakillari tashkilotga a'zo davlatlar chegara xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tegishli organlari ekspertlari 2016 yilgi ish rejalarini muhokama qilib olishdi.

“Umuman olganda, butun dunyo terrorchilik xavfidan tashvishda. Ular dastlab yollaydi, so‘ng ta'lim beradi, so‘ng harbiy to‘qnashuvlarga jalb qiladi, so‘ng jangarilarni o‘z yurtlariga qaytaradi”, - xulosa qildi Smirnov.

Top