11:54 / 18.09.2015
3024

Toshkentda ShHT aksilterror strukturasi yig‘ilishi ochildi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi 27-yig‘ilishi ish boshladi.

Yig‘ilishda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va struktura ijroiya qo‘mitasi vakillari tashkilotga a'zo davlatlar chegara xizmatlari ekspertlarining 2016 yilgi ish rejalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish hamda joriy yilning 16 sentabrida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo Aksilterror-2015” qo‘shma harbiy o‘quvlari yakunlari muhokama qilinadi.

Top