19:41 / 18.09.2015
16691

Toshkentdagi biznes markazida chiqqan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 18 sentabr kuni, soat taxminan 18:30da Toshkent shahridagi Amir Temur shohko‘chasi va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasida joylashgan «Wyndham Tashkent» (sobiq «Dedeman») mehmonxonasi yonidagi biznes-markazida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda voqea joyida kuzatuv olib borgan kun.uz muxbiri ma'lumot berdi.

Uning aytishicha, sodir bo‘lgan yong‘in 1 soatga qolmasdan o‘chirilgan.

Ayni paytda voqea joyida maxsus xizmatlar xodimlari bo‘lib turishibdi va vaziyatni nazorat qilishmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu yong‘in paytida bino ichida qancha odam bo‘lgani va bu yong‘in tufayli jabrlanganlar borligi haqida hozircha aniq ma'lumotlar yo‘q..

Bundan oldinroq, ushbu yong‘inni o‘chirish uchun to‘rtta yong‘in o‘chirish mashinalari jalb qilingani va voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari chaqirilgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq, o‘t o‘chiruvchi mashinalar soni oshgan va 10taga (5ta suv purkagichli shlanglarga ega, 5ta narvonli) yetkazilgan.

Hodisa sabablari haqida hozircha aniq ma'lumotlar berilmadi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda voqea hududiga yaqin yo‘llardan biri yopib qo‘yilgani uchun, boshqa yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelgan.

Top