23:54 / 18.09.2015
4301

Uralda it egasini otib qo‘ydi

Rossiyaning Perm o‘lkasi tergov qo‘mitasi Perm o‘rmonida ovchining o‘limiga iti sababchi bo‘lgani ma'lum qilindi. Bu haqda alohida muhim ishlar tergovchisi Dmitriy Valdaytsevga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

“13 sentabrda Usol tumanida uch kishi ovga borgan. Ovchilardan biri o‘zi bilan itini olgan. Guvohlarning aytishicha, erkaklar yo‘lda dam olish uchun to‘xtashga qaror qilganlar. Ular o‘qlangan miltiqlarini yerga qo‘yganlar. Narsalar solingan qopcha atrofida o‘ralashayotgan it qandaydir lahzada miltiqning tepkisini bosib olgan va u otib yuborgan”, deb aytmoqda tergovchi.

O‘q itning egasiga tekkan va u halok bo‘lgan. Tergov, shuningdek, o‘qni marhumning sheriklaridan biri otgan bo‘lishi mumkinligini ham tekshirmoqda.

Top