17:35 / 18.09.2015
1533

Vensan Kompani jarohati bois «Manchester Siti»ning kamida ikkita uchrashuvida maydonga tusha olmaydi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Vensan Kompaniya jarohati bois jamoasining yaqin ikkita o‘yinida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda bosh murabbiy Manuel Pellegrini «Vest Hem»ga qarshi uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ta'kidlab o‘tdi.

«Kompani uchrashuvga tayyor emas. Shuningdek Sabaleta, Klishi va Delf bilan ham vaziyat xuddi shunday».

«Kompani oyoq mushaklari jarohatlangan. U «Vest Hem» va «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi. «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvgacha tayyor bo‘ladimi-yo‘qmi, buni o‘sha payti ko‘ramiz».

«Sabalete esa yana bir haftacha jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha shifokor bilan ishlashi kerak. Keyin u butunlay mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin bo‘ladi. O‘ylashimcha, oy oxiriga kelib unda hammasi joyida bo‘ladi».

Nasri oxirgi uchrashuvda qattiq zarba qabul qilib oldi. Ertangi uchrashuvga u to‘liq tayyor bo‘la olmaydi. Aguero esa butunlay tiklandi. U uchrashuvda maydonga tushishga to‘liq tayyor», – deya chililik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Manchester Siti» rasmiy tvitteri.

Top