15:46 / 19.09.2015
9852

AQSh Ukrainaga o‘z yordamlarini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi

Rasmiy Vashington agar Ukraina hukumati korrupsiya muammoasini yo‘q qila olmasa, ko‘rsatayotgan yordamlarini to‘xtatishidan ogohlantirdi. Bu haqda UNN xabar bergan.

Qayd etilishicha, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko hamda mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyukka "qat'iy ogohlantiruv" yuborgan.
Baydenning so‘zlarini uning maslahatchisi Maykl Karpenter ukrainlar yetakchilariga yetkazib qo‘ygan.

Oq uyda ham Ukrainada poraxo‘rlik bilan bog‘liq holat saqlanib qolayotganidan xavotirlar bildirilgan.
Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi vaziyat Donbassda o‘tkazilishi rejalashtirilgan saylovlardan keyin yanada yomonlashishi mumkin.
AQSh tomoni shuningdek, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanayotgani aytilgan. UNN nashri ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Ukrainada poraxo‘rlik darajasi 20 foizga o‘sgan.

Top