20:26 / 19.09.2015
2435

Chilidagi zilzila qurbonlari soni 13 nafarni tashkil etmoqda

17 sentabr kuni Tinch okeanining Chiliga yaqin qismida sodir bo‘lgan 8,4 balli zilzilaning Chili hududida 6,4 ball kuch bilan qaytalanishi tufayli halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi.

Shuningdek, 6 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Zilzila tufayli jabrlanganlarning umumiy soni 3 ming nafardan oshgan. Xususan, Kokimbo viloyatida 1500 mingga yaqin kishi zilziladan jabr chekkan.

Top