12:49 / 19.09.2015
2262

Dmitriy Shokin Samsun Gran-Prisi sovrindori bo‘ldi

Turkiyaning Samsun shahrida taekvondoning VTF yo‘nalishi bo‘yicha yilning nufuzli musobaqalaridan biri – Gran-Pri turniri davom etmoqda. 18 sentabr kuni musobqaning ilk kunida mutloq vazn (+87) toifasidagi bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda bir yo‘la o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi dayanga chiqdi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

Dunyo reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Jasur Boyqo‘ziyev ikkinchi davra bahsida koreyalik Chi Jol Xoga oltin ochko farqi bilan 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Aynan koreyalik taekvondo ustasi yakunda Samsun Gran-Prisi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin esa yarim finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib bordi. Bu bosqichda esa eronlik raqibiga 5:6 hisobida yutqazib, bronza medali bilan taqdirlandi.

Qayd etish kerakki, har ikki sportchi reytingda o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi. Jasur Boyqo‘ziyev 338 ochko bilan hamon birinchi o‘rinda. Shokin esa ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Bugun aka-uka Maksim va Nikita Rafalovich medallar uchun bahslarga kirishishadi.

Top