14:34 / 19.09.2015
9526

Dubayda shahzoda Rashidning o‘limi munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qilindi

Dubay amirligi ma'muriyati amirlik bosh vaziri Muhammad ibn Rashid Al-Maqtumning ikkinchi o‘g‘li vafot etgani munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qildi.

34 yoshida yurak xuruji tufayli vafot etgan marhum shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Al-Maqtumning 22 farzandi orasidagi ikkinchi o‘g‘li, taxt vorisi Hamdon ibn Muhammad Al-Maqtumning katta ukasi edi.

Ma'lumot uchun, shayx Rashid 2008 yildan 2010 yilgacha BAA Olimpiya qo‘mitasini boshqargan, bu lavozimni tark etgach, rasmiy lavozimlarda faoliyat ko‘rsatmagandi va tadbirkorlik bilan shug‘ullangandi.

Forbes jurnali 2010 yilda uning boyligini 1,9 milliard dollarga baholagandi.

Top