12:51 / 19.09.2015
3191

Jizzaxda piyonistalar do‘ppi, telpak va mahsi o‘g‘irlab, qo‘lga tushishdi

Jizzaxlik uch birodar mast holda hunarmandni tunab, javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Sherzod, Saidkomil, Dilshod ismli yigitlar ulardan birining uyida to‘planib, aroq ichishgan. Ichimlik tugagach, uni sotib olishga pullari yo‘q birodarlar ko‘chada “o‘lja” qidira boshlaganlar va do‘ppi, telpak, mahsi sotib yurgan odamga duch kelishgan. Do‘stlar Azim Alimov ismli odamni turli yo‘llar bilan aldab, uning qo‘lidagi mollarini o‘g‘irlab ketishgan.

Alimov darhol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Yigitlar uning mahsulotini sotishga ulgurmasdan militsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Top