02:31 / 19.09.2015
4183

KUN.UZ dayjesti: 18 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 18 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Ekspert: Federal zaxira tizimning qarori O‘zbekistonning eksportdan daromadini tushirib yuboradi>>

Chorshanba kuni AQSh federal zaxira tizimining ochiq bozorlar bo‘yicha qo‘mitasi asosiy foiz stavkasini oshirish to‘g‘risidagi tashabbusni qabul qilmadi, bu darhol jahon fond bozorlariga ta'sir o‘tkazdi

Toshkentda birinchi AVTOTEST avtomaktabining ochilishi bo‘lib o‘tdi>>

17 sentabr kuni Toshkentda birinchi AVTOTEST innovatsion avtomaktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Moskvada uch yashar qizni o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi>>

2015 yilning 17 sentabr kuni Moskva shahar sudi 3 yashar qizni va uning onasini o‘ldirgan 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Umrbek Ibragimovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Ravil G‘aynutdin: Saxalinda Qur'onning esktremistik deb tan olinishi – savodsizlik>>

“Bu savodsizlikdir, - dedi Rossiyaning bosh muftiysi. – U yerda kerakli ekspertizaning o‘zi yo‘q edi, Rossiyada bunday ekspertlar barmoq bilan sanarli darajada

BMT: 2014 yilda dunyodagi geroinning 77 foizi Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan>>

2014 yilda Afg‘oniston geroin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda “yetakchi” bo‘lgan, biroq bu yili mamlakat hukumati xalqaro hamjamiyatning ko‘magi bilan ko‘knori ekilgan maydonlarni yo‘q qilishni faollashtirdi

Meksikada 43 talabani o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi>>

Meksika hukumati 11 oy avval Iguala shahrida 43 talabani o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi

Dima Bilanning Moskva yaqinidagi uyi tunab ketildi>>

Moskva politsiyasi rossiyalik xonanda Dima Bilanning Moskva shahri yaqinidagi Rasskazovka qishlog‘idagi uyining tunab ketilishi bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda

Markaziy Osiyo va Rossiyadan 5 mingdan ziyod kishi IShID tomonidan jang qilmoqda>>

Markaziy Osiyo va Rossiyadan 5 mingdan ziyod kishi IShID tomonidan jang qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, ularning yarmidan ko‘prog‘i — 2600 nafarga yaqini Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridir

So‘rovnoma: Suriyaliklarning 80 foizidan ortig‘i IShID tashkil topishida AQShni aybdor deb hisoblaydi>>

81 foiz suriyaliklar IShID jangarilar guruhining tashkil topishida AQSh va uning ittifoqchilari qo‘li bor deb hisoblashi Britaniyaning ORB International kompaniya tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida ma'lum bo‘ldi

BMT: Donbassda mojarolar boshlanganidan buyon 8 ming kishi halok bo‘ldi>>

Ukraina sharqida qurolli mojarolar boshlanganidan buyon 8 ming kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi sud qarorisiz va asossiz qatllar masalalari bo‘yicha BMTning maxsus ma'ruzachisi Kristof Xayns brifing chog‘ida

Lukashenko: Qozog‘istonning Xalqaro savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi YeIIga muammo tug‘dirmoqda>>

Qozog‘istonning Xalqaro savdo tashkiloti bilan oxirgi kelishuvlari Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga jiddiy muammo tug‘dirmoqda, deb hisoblaydi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko

Top