17:24 / 19.09.2015
2564

Misr hukumatining yangi tarkibi prezident oldida qasamyod qildi

Misrda Sherif Ismoil rahbarligidagi yangi hukumat mamlakat prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi oldida qasamyod qildi. Bu haqda “Al-Axram” gazetasi xabar bergan.

Bir hafta avval amaldagi Ibrohim Maxlyab boshchiligidagi vazirlar mahkamasi to‘liq tarkib bilan iste'foga chiqqandi va shu kuni prezident tomonidan iste'fosi qabul qilingandi.

Iste'foga chiqqan bosh vazir o‘tgan yilning iyun oyidan buyon mazkur lavozimda ishlab kelayotgan bo‘lib, u korrupsiya bilan bog‘liq mojaro bois lavozimidan ketishga majbur bo‘ldi.

Yangilangan hukumat tarkibida ichki ishlar, moliya, investitsiya va boshqa bir qator vazirlar o‘z o‘rnida qoldi.

Top